» » Rolls-Royce Phantom VIII: 450 ming dollarlik yangi modeldan nimalarni kutish mumkin

Rolls-Royce Phantom VIII: 450 ming dollarlik yangi modeldan nimalarni kutish mumkin


Britaniyaliklar so‘nggi bor Rolls-Royce Phantom VII’ni joriy yilning boshida chiqarishgan edi. Va nihoyat Rolls-Royce uning davomchisini — Phantom VIII’ni taqdim etdi. Avtomobil premyerasi Londondagi Bonhams kimoshdi savdolar uyining zalida o‘tkazilgan The Great Eight Phantoms ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Forbes.

“Rolls-Royce allaqachon hashamatga aylanib ulgurgan, Phantom esa uning mashhur flagman modeli. Aytish mumkinki, afsonaviy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya uzoq yillardan nafaqat texnik tavsiflarni, balki eksklyuziv hamda an’anaviylikni ham sotmoqda. Rolls Royce afsonasining muhim qismi — brend tarixi: ushbu avtomobil qirollik oilasi hamda mashhurlar uchun”, — deya ta’kidlaydi Julius Bear’ning Rossiya, Markaziy hamda Sharqiy Yevropa bo‘yicha boshqaruv direktori Yevgeniy Smushkovich.

Rolls-Royce rostdan ham afsonalarni yaratishni biladi. Masalan, eng noyob “fantom” hamon 1950—1956-yillarda, faqatgina qirollik oilasi va davlat rahbarlari uchun ishlab chiqarilgan Phantom IV hisoblanadi. Bu kabi avtomobillardan bor yo‘g‘i 18 ta chiqqan.

Phantom VIII’ning tashqi ko‘rinishi aytarli darajada avvalgilaridan farq qilmaydi. Biroq kuzovining shakli, old va orqa faralari biroz o‘zgargan, model dizaynining markaziy elementi bo‘lmish Pantom radiatorining afsonaviy panjarasi biroz teparoqda joylashgan. Shunga qaramay Rolls-Royce avtomobilning texnik ko‘rsatkichlari borasida ancha mehnat qildi. Konstruktorlar hamda ishlab chiqaruvchilar Phantom VIII’ni Rolls-Royce tarixidagi eng yuqori texnologik model deya hisoblamoqda. Phantom VIII’ning platformasi alyuminiy va o‘ta mustahkam uglerod tolasidan foydalanish orqali yasalagan. Shu sababli uning mustahkamligi 30 foizga ortgan va o‘zidan oldingi ajdodidan 10 foizga shovqinsiz. Avtomobil 6,75 litrli V12 ovozsiz dvigateli bilan jihozlangan.

Model korpusining ustiga 6 millimetrli maxsus ikki qavatli lak qatlami tortilgan, konstruksiyaga umumiy miqdorda 130 kilogrammdan ortiq tuvushni izolyatsiya qiluvchi materiallardan foydalanilgan. Bundan tashqari yangi modelga maxsus Silent-Seal shinalari ishlab chiqarilgan.

Knight Frank konsalting kompaniyasining 2016-yildagi tadqiqotlariga ko‘ra, eksklyuziv avtomobillar o‘n yillikning eng yaxshi sarmoyasi deya topilgan: ular orqali 500 foiz foyda ko‘rish mumkin bo‘lgan. Bu esa qimmatli qog‘ozlar, san’at asarlari va ko‘chmas mulklardan keladigan daromaddan ko‘proq demakdir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют