» » Braziliya sobiq prezidentiga nisbatan oltinchi jinoiy ish qo‘zg‘aldi

Braziliya sobiq prezidentiga nisbatan oltinchi jinoiy ish qo‘zg‘aldi


Sudya Serjiu Moro Braziliya federal prokuraturasining mamlakat sobiq prezidenti Lulu da Silvaga nisbatan korrupsiyada yangi ayblovlar e’lon qilish haqidagi talabini qondirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Sud qaroriga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha Braziliyaning Odebrecht va OAS qurilish kompaniyalari egalari hamda sobiq rahbarlariga ham ayblovlar e’lon qilindi. Ular pora berganlikda ayblanmoqda.

Tergov taxminicha, kompaniyalar San-Paulu shtatining Atibayya aholi punktidagi sobiq prezidentga tegishli koshonani ta’mirlashga 1, 02 million real (320 ming dollar) sarflagan.

Sobiq davlat rahbari o‘z aybini rad etdi va Atibayyadagi koshona hech qachon unga tegishli bo‘lmaganini ta’kidladi. Bu Braziliyada Lulu da Silvaga nisbatan qo‘zg‘algan oltinchi jinoiy ish hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-08-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют