» » Vega raketasi Italiya harbiy sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli orbitaga olib chiqdi

Vega raketasi Italiya harbiy sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli orbitaga olib chiqdi


Yevropaning Vega raketa tashuvchisi Italiyaning Optsat-3000 harbiy sun’iy sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli orbitaga olib chiqdi. Bu haqda parvoz operatori bo‘lgan Arianespace kompaniyasi rahbari Stefan Israel ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Optsat-3000 Vega’dan ajraldi. Orbita parametrlari risoladagidek”, — deya yozuv qoldirdi u Twitter’dagi sahifasida.

Raketa 1-avgust, seshanba kuni Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uchirildi. Yevropa koinot agentligiga ko‘ra, Optsat-3000 qurilmasi Italiya mudofaa vazirligini yuqori sifatli tasvirlar bilan ta’minlashi lozim. Uning asosiy vazifasi atrof-muhitni o‘rganishdan iborat.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют