» » Samsung ilk bor choraklik sof foyda miqdori bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirdi

Samsung ilk bor choraklik sof foyda miqdori bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirdi


Joriy yil aprel—iyun oyida Apple sof foydasi 8, 717 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 12 foiz ko‘p, deya xabar beradi “RBK”.

Biroq erishilgan natija Apple’ga Samsung Electronics’dan ustunlikni saqlab qolishga imkon bermadi. Oldinroq Janubiy Koreya kompaniyasi aprel—iyunda rekord darajada — 9,9 milliard dollar foyda olgani haqida ma’lum qilgandi.

Shu tariqa Samsung choraklik foyda miqdori bo‘yicha ilk bor o‘zining asosiy raqibini ortda qoldirdi.

Kompaniya choraklik tushum hajmi bo‘yicha ham yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Apple’ning bu boradagi ko‘rsatkichi 45,408 milliard, Samsung’da esa 54,17 milliard dollarni tashkil etdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют