» » Qariyb 730 ming abituriyentning 11 mingdan ortig‘i 1-avgustdagi test sinovlariga kelmadi

Qariyb 730 ming abituriyentning 11 mingdan ortig‘i 1-avgustdagi test sinovlariga kelmadi


O‘zbekistonda 1-avgust kuni 59 oliy ta’lim muassasalari va ularning 12 ta filialida qabul test sinovlari o‘tkazildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Bu yil oliy ta’lim muassasalariga 729 947 (2016-yilda — 663 304) nafar abituriyent hujjat topshirgan, shulardan 7 725 (2016-yilda – 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlar edi. O‘rtacha tanlov 1 o‘ringa 11,0 tani (2016-yilda – 11,05 ta) tashkil etdi.

DTMning qayd etishicha, test sinovlarini o‘tkazish maqsadida 744 271 (2016-yilda – 676 ming) dona individual test savollari komplekti tayyorlangan.

Test sinovlari 1 080 (2016-yilda – 889) ta binoda joylashgan maxsus 21 765 (2016-yilda – 19 830) ta auditoriyada o‘tkazildi. Jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash uchun 17 317 (2016-yilda – 16 060) nafar ichki ishlar xodimlari, 1 848 (2016-yilda – 1 276) ta avtotransport vositalari (jumladan, 84 (2016-yilda – 33) ta yong‘inga qarshi ekipaj, 362 (2016-yilda – 326) dona tez tibbiy yordam avtomashinalari) jalb qilindi.

DTM axborotidan

Test sinovlariga 11 698 (1,6 foiz) (2016-yilda – 5 163 (0,8 foiz)) nafar abituriyent qatnashmagan, 2 764 (0,38 foiz) (2016-yilda — 714 (0,1 foiz)) nafari test sinovi topshirish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlatilgan.

DTM axborotida alohida qayd etilishicha, “test sinovlari jarayonida natijaga ta’sir etuvchi qoidabuzarlik holatlari qayd etilmadi. Test materiallari shu kunning o‘zida Davlat test markaziga yetkazildi”.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют