» » Abdulaziz Komilov Pokistonning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Pokistonning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qildi


2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Islom Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Irfon Yusuf Shami bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston—Pokiston munosabatlarining holati, Pokistonning ShHTning teng huquqli a’zosi ekanligini hisobga olgan holda siyosat va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikning hamda savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar jabhalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda hamkorlikni tizimli asosda kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi va shu munosabat bilan aniq ikki tomonlama tadbirlar, jumladan O‘zbekiston va Pokiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi turli shakllardagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oluvchi “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqish borasidagi o‘z mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют