» » “Salomatlik” poyezdi Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo aholisini ko‘rikdan o‘tkazishni boshladi

“Salomatlik” poyezdi Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo aholisini ko‘rikdan o‘tkazishni boshladi


“Samolatlik” poyezdi 24-iyul kunidan O‘zbekistonning Navoiy va Buxoro viloyatlarida bir hafta davomida eng olis hududlar aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, poyezd 1-avgustdan Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholini ko‘riklardan o‘tkazmoqda.

O‘tkaziladigan ko‘riklarning sifat va samaradorligini ta’minlash, natijadorligini oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan markazlar direktorlari boshchiligida o‘nga yaqin tor soha mutaxassislaridan iborat guruhlar viloyatlarning eng chekka hududlarida o‘z ishini boshladi.

E’tiborli tomoni ular tarkibi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari, respublika klinik shifoxonalarining yetakchi olimlari, tibbiyot fanlari doktorlari va yuqori malakali shifokorlaridan tashkil topgan.

“Salomatlik” poyezdlari faoliyatining asosiy maqsadi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni viloyat aholisiga yanada yaqinlashtirish, eng chekka tumanlarda yashovchi fuqarolar ham yuqori texnologik tibbiy yordamdan bahramand bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari o‘tkazishdir.

Ko‘riklar davomida mutaxassislar har bir murojaat qiluvchiga alohida e’tibor qaratib, to‘shakda yotib qolgan qariyalar va bemorlar holidan xonadonlarga borib xabar olishmoqda. Aniqlangan bemorlar esa ambulator sharoitda viloyat va respublika tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida hamda respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida o‘rnatilgan tartibda sog‘lomlashtiriladi.

Biz tibbiy ko‘riklarimizni Surxondaryo viloyatining chekka hududlarida o‘tkazmoqdamiz. Haqiqatan ham, malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat uzoq tumanlarda istiqomat qiluvchi aholiga har doim ham o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilmayapti. Buni biz tibbiy ko‘riklar chog‘ida xalq bilan muloqot qilib bilyapmiz. Ayrim bemorlar tibbiy tahlildan o‘tish uchun viloyat markaziga yoki poytaxtga borishini aytmoqda.

Ushbu tadbir tuman aholisiga o‘z hududidan chiqmagan holda respublika darajasidagi sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratib bermoqda. Ahamiyatli jihati, agar bir bemorda bir necha turdagi kasallik aniqlansa, tor soha mutaxassislari konsiliumi asosida unga muolaja tayinlanmoqda. Bu bir vaqtning o‘zida bir necha ixtisoslikdagi shifokor ko‘rigidan o‘tish imkoniyatidir.

G‘ayrat Qoriyev, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazi direktori, “Salomatlik” poyezdining Surxondaryo viloyati bo‘yicha guruh rahbari

Respublika tibbiy markazlaridan borgan malakali mutaxassislar faqat tibbiy ko‘riklarnigina o‘tkazib qolmay, mahalliy shifokorlarga murakkab jarrohlik amaliyotlari va davolash usullari bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tishmoqda. Bu esa, tumanda malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatning davomiyligini ta’minlaydi.

O‘tkazilayotgan sayyor konsultatsiyalar doirasida aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari va muloqotlar ham olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют