» » Turkmaniston prezidenti o‘q otish va pichoq uloqtirish bo‘yicha generallarga saboq berdi (video)

Turkmaniston prezidenti o‘q otish va pichoq uloqtirish bo‘yicha generallarga saboq berdi (video)


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov shaxsan o‘zi o‘qotar quroldan o‘q otish va pichoq uloqtirish bo‘yicha ko‘nikmalarini mamlakat qurolli kuchlari generallariga namoyish etdi. Ashxobod ostonasida bo‘lib o‘tgan harbiy mashg‘ulotlar vaqtida prezidentning harakatlari videosi “Turkmaniston xronikalari” tomonidan e’lon qilingan.

Videoda Berdimuhamedov mashg‘ulot joyiga yo‘ltanlamas mashinada kelganini, so‘ng avtomatik miltiq va to‘pponchadan o‘q otish hamda pichoq uloqtirish bo‘yicha mahoratini namoyish etganini ko‘rish mumkin. Yuqori martabali harbiylar Turkmaniston davlat rahbarining harakatlarini qarsaklar bilan olqishlar turgan.

Mashg‘ulotlar yakuniga yetgach, Berdimuhamedov o‘zi ilma-teshik qilgan qog‘oz nishonlarga dastxat qo‘yib bergan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют