WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Moldova Rogozinni non-grata shaxs deb e’lon qildi
Moldova Rogozinni non-grata shaxs deb e’lon qildi
Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Rogozin Moldovada non-grata shaxs deb e’lon qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ushbu taklif bilan Moldova tashqi ishlar vaziri Andrey Galbur chiqdi. Qarorni vazirlar mahkamasining ko‘pchilik a’zolari qo‘llab-quvvatladi.
Ushbu qarorni yetkazish maqsadida Moldova TIV Rossiya elchisi Farit Muxametshinni chaqirdi.
Rogozin “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Moldova fuqarolari va rahbariyati haqida salbiy fikrlar bildirgani bunga sabab bo‘ldi.
Muqaddam Rogozin Moldovaga borishga uringan, ammo Ruminiyada to‘xtatib qolingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?