» » Soliq xizmati ishchilarining soni qisqartirildi

Soliq xizmati ishchilarining soni qisqartirildi


Soliq xizmati ishchilarining soni 12 ming kishiga qisqartirildi. Bu Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni imzolagan “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan, deb xabar beradi Uz24.

Boshqaruv personalining maksimal miqdori 12131 kishini tashkil etadi, shulardan 263 nafari markaziy devonda ishlaydi.

Davlat budjetidan 12056 xodim moliyalashtiriladi, qolgan 75 kishi uchun Davlat soliq qo‘mitasiga moddiy yordam ko‘rsatish maxsus fondidan pul ajratiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi shtatiga 2 hafta ichida o‘zgarishlar kiritiladi.

Vazirlar Mahkamasiga sentabr oyiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi va soliq organlarida xizmat o‘tash haqidagi nizomlarni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturini qabul qilish topshirildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 1) ( 99) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...