» » Yaponiyada inson harakatini kamerasiz qayd etadigan sensorli futbolka yaratildi

Yaponiyada inson harakatini kamerasiz qayd etadigan sensorli futbolka yaratildi


Inson harakatini qayd qilib, tegishli axborotni mobil dasturga yetkazishga mo‘ljallangan ko‘plab sensorlarga ega futbolka Yaponiyaning Xenoma kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi. Kompaniya Tokio universiteti startapi hisoblanadi, deb xabar beradi “TASS”.

Futbolkaning o‘ziga xosligi shundaki, u videokameralarsiz inson organizmi haqida ma’lumot to‘play oladi. Istiqbolda uskuna yordamida turli xastaliklar haqida ma’lumot to‘plash yoki videoo‘yinlar qahramonlarini boshqarish mumkin bo‘ladi.

Futbolka ko‘plab sohalarda qo‘llanilishi mumkin, deb uqtirmoqda kompaniya vakillari. U insonga sport bilan shug‘ullanishda asqatadi, shuningdek, transport vositasi yoki samolyotni boshqarishni o‘rganishda yordam beradi.

Bu turdagi zamonaviy uskunalarning aksariyati kameralarga asoslanadi, lekin mazkur futbolkada faqat 14 sensor qo‘llanadi.

Futbolkaning yana bir xususiyati — uni yuz marta yuvsa ham o‘z imkoniyatlarini yo‘qotmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-08-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют