» » O‘zbekiston kubogi. “Lokomotiv” finalga ilk qadamni tashlab, “Nasaf”ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston kubogi. “Lokomotiv” finalga ilk qadamni tashlab, “Nasaf”ni mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yarim finalidan joy olgan ikkinchi uchrashuvda Toshkentning “Lokomotiv” va Qarshining “Nasaf” klublari o‘zaro to‘qnash keldi.

Bellashuv “temiryo‘lchilar”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Marat Bikmayev Sanjar Quvvatov qo‘riqlayotgan darvozasiga 2 ta gol urgan bo‘lsa, yana bir to‘p Murod Bobojonov tomonidan kiritildi. Mehmonlardan esa Dragan Cheran javob goliga mualliflik qildi.

Bunga qadar yarim finalning yana bir o‘yinida “Bunyodkor” Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qilib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkandi. Javob o‘yinida poytaxt klublari raqib maydoniga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston kubogi
Yarim final
2-avgust, chorshanba

Gollar: Marat Bikmayev, 15 (1:0). Murod Bobojonov, 46 (2:0). Marat Bikmayev, 87 (3:0). Dragan Cheran, 90+2 (3:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 06:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют