» » Samarqandda 1-sentabrdan ikkinchi tramvay yo‘li ishga tushadi

Samarqandda 1-sentabrdan ikkinchi tramvay yo‘li ishga tushadi


Samarqand shahrida ikkinchi tramvay yo‘li 1-sentabrda foydalanishga topshiriladi. Bu haqda “Darakchi.uz” STV telekompaniyasiga tayanib xabar berdi.

Nashr eslatishicha, Samarqanddagi birinchi tramvay yo‘li foydalanishga topshirilgach, ikkinchi tramvay yo‘li qurilishi boshlab yuborilgan edi.

Ikkinchi tramvay yo‘li temir yo‘l vokzalidan to Siyob bozorigacha — jami 5 kmni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda vokzal oldidagi tramvay depo hududi qazib tashlangan. Bu yerda tramvay yo‘li uchun elektr tarmoqlar o‘tkaziladi.

Ikkinchi tramvay yo‘lida 8 ta tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bekatlar va svetoforlar soni hali ma’lum emas.

Loyihaning keyingi bosqichida jami 23,4 km uzunlikdagi tramvay yo‘lini qurish ko‘zda tutilgan. Birinchi navbatda temir yo‘l vokzalidan Spitamen ko‘chasi orqali Kimyogar shaharchasigacha tramvay yo‘li quriladi. Shundan so‘ng, temir yo‘l vokzalidan Narpay ko‘chasi orqali Kimyogar shaharchasiga tramvay yo‘li ishga tushirish rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют