» » Qirg‘izistonda 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Qirg‘izistonda 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi


Qirg‘izistonning Xitoy bilan chegaradosh hududida 3-avgust, payshanba kuni 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Fanlar akademiyasining Seysmologiya institutiga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 06:15 da sodir bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, yer silkinishining epimarkazida magnituda 4,8 ni tashkil etgan.

Zilzila o‘chog‘i Irkeshtom aholi puntidan 4 kilometr shimoli-sharqda hamda Nura qishlog‘idan 12 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q. “Biroq ushbu ma’lumot ayni vaqtda aniqlashtirilmoqda”, — deydi idora vakillari.

Joriy yilning bahorida mazkur hududda sodir bo‘lgan 6 balli zilzila oqibatida yuzdan ortiq bir qavatli aholi uylariga zarar yetgan edi, oqibatda yuzlab odamlar xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-08-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют