» » AQSh Tramp uchun kasodga uchragan rus aviakompaniyasi buyurtma qilgan samolyotlarni sotib oladi

AQSh Tramp uchun kasodga uchragan rus aviakompaniyasi buyurtma qilgan samolyotlarni sotib oladi


AQSh harbiy-havo kuchlari Boeing kompaniyasi bilan prezident Donald Tramp uchun ikkita 747-8 samolyotini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ularni oldinroq Rossiyaning “Transaero” aviakompaniyasi buyurtma qilgan edi, deya xabar beradi Defense One.

Portalga ko‘ra, “Transaero” to‘rtta 747-8 samolyotini 2013-yilda buyurtma qilgan edi, biroq oradan ikki yil o‘tib kasodga uchragan aviakompaniya ularni sotib ololmadi va havo kemalari Kaliforniyaning Moxav sahrosida konservatsiyada turibdi.

Har bir samolyot uchun AQSh harbiy-havo kuchlari 390 million dollardan pul to‘lashi bildirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2016-yil dekabrida Tramp prezident aviaotryadini yangilash dasturini tanqid qilgan va buning uchun mo‘ljallangan 4 milliard dollarni haddan tashqari qimmat deb topgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют