» » Amerikaliklarning Shimoliy Koreyaga safar qilishi taqiqlandi

Amerikaliklarning Shimoliy Koreyaga safar qilishi taqiqlandi


AQSh davlat departamenti 1-sentabrdan boshlab amerikaliklarning Shimoliy Koreyaga safar qilishiga nisbatan taqiq kuchga kirishini e’lon qilib, KXDRda bo‘lib turgan AQSh fuqarolaridan ushbu mamlakatni zudlik bilan tark etishni talab etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, ushbu taqiq yaqin bir yil davomida amalda bo‘ladi. Faqat jurnalistlar va gumanitar tashkilotlarning xodimlari uchun istisno qilinishi mumkin.

AQSh ma’muriyati o‘z fuqarolarining Shimoliy Koreyaga safarlarini taqiqlashi mumkinligi haqidagi ilk xabarlar 21-iyul kuni paydo bo‘lgan edi.

Iyun oyida esa, amerikalik talaba Otto Frederik Vombiyerning o‘limidan so‘ng, Young Pioneer Tours turfirmasi amerikalik sayohatchilarni KXDRga yuborishdan bosh tortgan edi. Yosh talaba iyun oyi boshida Sinsinnati (Ogayo shtati)dagi kasalxonada vafot etgan edi. Vombiyerning miyasi KXDRdagi qamoq jazosini o‘tash vaqtida qattiq shikastlangani ma’lum bo‘lgan edi.

Vombiyer 2016-yilning mart oyida Shimoliy Koreya sudi qarori bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U Pxenyanda hordiq chiqarish davomida siyosiy plakatni o‘g‘irlashga urinishda aybdor deb topilgan edi. Uning KXDRga safari Young Pioneer Tours tomonidan tashkil etilgan edi. 2017-yil iyunida esa KXDR ma’muriyati Vombiyerni AQShga qaytargan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют