» » Stallone Shvarseneggerning tug‘ilgan kunida gavayicha raqsga tushdi (video)

Stallone Shvarseneggerning tug‘ilgan kunida gavayicha raqsga tushdi (video)


Amerikalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvarsenegger aktyor-do‘stlari Silvester Stallone va Tom Arnold bilan birgalikda gavayicha xula raqsini mashq qilayotgani tasvirlangan videoni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi.

“Tug‘ilgan kun sabab bildirgan tabriklaringiz men uchun juda qadrli. Rahmat. Men doim yangi narsalarni o‘rganishga chanqoq bo‘lishda davom etish lozimligini aytib kelaman, shunday ekan, minnatdorchilik ramzi sifatida, tug‘ilgan kunimda olingan xula raqsi darslari aks etgan videoni e’tiboringizga havola qilaman”, — deb yozadi aktyor.

?All of your birthday messages mean the world to me. Thank you. I always say to stay hungry and never stop learning, so as a sign of my gratitude, here's a video of birthday party hula lessons.?

A post shared by Arnold Schwarzenegger (@schwarzenegger) on

30-iyul kuni Arnold Shvarsenegger 70 yoshga yo‘ldi. Asli avstriyalik aktyor 1960—1970-yillarda bodibilding yulduziga aylangan.

Keyinchalik o‘zini kino sohasida sinab ko‘rgan va “Terminator”, “Predator” (“Vahshiy”), “Commando”, “Red Heat” kabi filmlari bilan mashhurlikka erishgan.

Arnold Shvarsenegger 2003—2011-yillar oralig‘ida AQShning Kaliforniya shtatiga gubernatorlik qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют