» » Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Plasido Domingoning qozoqcha to‘n kiyib tushgan suratini maqtadi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Plasido Domingoning qozoqcha to‘n kiyib tushgan suratini maqtadi


Qozog‘istonga tashrif buyurgan dunyoga mashhur opera qo‘shiqchisi Plasido Domingo o‘zining Instagram’dagi sahifasiga qozoqcha to‘n kiyib tushgan suratini joylashtirdi, deb xabar berdi Kazakhstan Today.

Surat ostida ingliz, italyan va rus tilida qoldirilgan izohlardan kelib chiqib xulosa qilinsa, xonandaning libosi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga manzur bo‘lgan.

Dunyoning “oltin ovoz”i Qozog‘istonga EKSPO—2017 ko‘rgazmasini tomosha qilish hamda Ostonada bo‘lib o‘tadigan La traviata sahna ko‘rinishida ishtirok etish uchun kelgan.

Avvalroq, ijtimoy tarmoqlarda amerikalik taniqli aktyor Nikolas Keyjning qozoqcha to‘n kiyib tushgan surati ommalashib ketgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют