» » Eron ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga haj safariga yubordi

Eron ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga haj safariga yubordi


Eronlik ziyoratchilarning 2017-yildagi ilk guruhi Saudiya Arabistoniga haj safari uchun jo‘nab ketdi, deb yozadi “Vesti Kavkaza”. Bu yil Saudiya Arabistoniga 86 500 nafar eronlik otlanishi kutilmoqda.

Eronning bu yil haj safarida ishtirok etishi kafolatlanmagan edi. O‘tgan yili, Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi keskinlik eng yuqori nuqtaga chiqqan davrda birorta ham eronlikka hajda qatnashish uchun ruxsat berilmagan edi. Eronliklarga haj ziyoratiga borish uchun ruxsat berish qarori martga qadar e’lon qilinmadi.

Ar-Riyod va Tehronning munosabatlari Suriya va Yamandagi kabi yirik siyosiy ixtiloflar bilangina murakkablashmagan. Gap shundaki, Eron hukumati Saudiya Arabistoni 2015-yilda sodir bo‘lib, 2400 dan ortiq kishining halokatiga sababchi bo‘lgan ur-yiqitdan keyin ham har yili hajni qanday tashkil qilayotganiga tanqidiy munosabatda bo‘lmoqda. Saudiyaliklar esa o‘z navbatida, Eronni hajga siyosiy ruh berishda ayblamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют