» » Abdullajon roli bilan tanilgan Shuhrat Qayumov “Temur” filmida suratga tushmoqda

Abdullajon roli bilan tanilgan Shuhrat Qayumov “Temur” filmida suratga tushmoqda


Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” filmidagi Abdullajon roli orqali muxlislarga yaxshi tanish aktyor Shuhrat Qayumov yana bir o‘zbek filmida suratga tushmoqda, deb xabar berdi Uz24.

Film ijodkorlarining ma’lum qilishicha, mazkur yangi kartina “Temur” deb nomlangan bo‘lib, u jangari janrda.

Filmda bosh rollarni Alixan taxallusi bilan tanilgan Nurmuhammad Husniddinov hamda Elyor Mahkamovlar gavdalantirmoqda. Shuningdek, kartinaga o‘zbek aktyorlaridan tashqari Gollivud hamda qozog‘istonlik aktyorlar ham jalb etilgani aytilmoqda.

Filmning dastlabki suratga olish ishlari shu yilning yoz oyi o‘rtalarida Jizzax viloyatida boshlangan. Film rejissori Ayyub Shahobiddinov.

Ma’lumot uchun, “Abdullajon” filmi 1992-yilda ekranlarga chiqqan. Unda Abdulajonni taniqli operator Malik Qayumovning nabirasi Shuhrat Qayumov ijro etgan. Aktyor bugungi kunda operator sifatida faoliyat olib bormoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют