» » Qoraqalpog‘istonlik olim barxan qumdan g‘isht tayyorlash usulini ixtiro qildi

Qoraqalpog‘istonlik olim barxan qumdan g‘isht tayyorlash usulini ixtiro qildi


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ilmiy xodimi Sharibay Turemuratov barxan qumdan silikat g‘isht tayyorlash usulini ixtiro qildi, deb xabar berdi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Ushbu yangi ixtiro, ya’ni silikat g‘isht asosan ohak (15%) va respublikada juda ko‘p miqdordagi barxan qumi (85%) asosida olinadi. Silikat g‘isht formasi, o‘lchamlari va foydalanish turlari bo‘yicha keramik g‘ishtdan farq qilmaydi. Silikat g‘isht 250 x 120 x 65 millimetr o‘lchamlarida tayyorlaniladi. Mexanik mustahkamligi bo‘yicha g‘isht 75, 100 i 125, 150 i 200 marka ko‘rsatkichlariga ega.

Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari (afzalliklari) bo‘yicha silikat g‘isht keramik g‘ishtlardan yuqori turadi. Silikat g‘ishtni ishlab chiqish ushun 2 barobar kam yoqilg‘i, 3 barobar kam elektr energiyasi, 2,5 barobar kam ishchi kuchi ishlatiladi hamda silikat g‘ishtning o‘ziga tushar bahosi 25—35% foizga kamayadi.

Bugungi kunda yangi g‘isht turining aprobatsiya va laboratoriyalik tajriba namunasi mavjud bo‘lib, yaqin vaqtlar ichida mazkur silikat g‘ishtning har xil markadagi tajriba-sinov namunalari olinadi va amaliyatda foydalanishga tatbiq qilinadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 16:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют