» » Amerikaliklarning viza olishi qiyin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati

Amerikaliklarning viza olishi qiyin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati


Amerika fuqarolari dunyoning ko‘plab mamlakatlariga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin. Hatto ba’zilari uchun pasport ham talab qilinmaydi. “Forum Daily” nashri AQSh fuqarolari uchun viza olishda qiyinchilik tug‘diradigan mamlakatlar ro‘yxatini taqdim etdi.

1. Rossiya

Travel + Leisure nashrining yozishicha, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga qaramay Amerikadan Rossiyaga tur uyushtirmoqchi bo‘lganlar tobora ko‘payib bormoqda. Biroq amerikaliklar Rossiyaga kirish vizasini olishi uchun ancha vaqt yo‘qotishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa davlat turistlari Rossiyaga kirishi uchun 21 ta savoldan iborat anketani to‘ldirishlari lozim bo‘lsa, amerikaliklar 41 ta savolga javob berishlari kerak.

2. Kuba

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Kubaga borish cheklovlarini olib tashlagach, ko‘plab amerikaliklar orolga tashrif buyurish imkoniyatidan foydalanib qolishdi. Donald Tramp prezident bo‘lgach esa Kubaga borish qiyinlashdi. Amerikaliklar hamon orolga tashrif buyurishi mumkin, biroq turistik guruhlar tarkibidan chiqmagan holda. Shuningdek, ularning mehmonxonalarda yashashi uchun ham bir qator cheklovlar bor.

3. Hindiston

Hindistonga sayohat qilishni istagan amerikaliklar kutilmagan talablarga duch keladi. Amerikalik fuqaro hind vizasini olish uchun ariza topshirganida u AQShdagi aloqalarining va ish beruvchisining raqamini ko‘rsatib o‘tishi kerak.

Hind vizasini olish uchun bir necha oy vaqt ketishi mumkin.

4. Nauru Respublikasi

Nauru — Mikroneziya orolidagi kichkina davlat. Orolga kelgach vizadan tashqari mehmonxona bronini yoki Naurulik fuqaro jo‘natgan taklifnomani ko‘rsatishingiz lozim. Bundan tashqari oroldan orolga reyslar faqat haftada bir marta parvoz qiladi.

5. Somali

Somali — qo‘rqoq sayyohlar boradigan joy emas. Davlat departamentlari amerikalik sayyohlarni mamlakatdagi “Al-Shabab” terrorchilik guruhi haqida ogohlantiradi. Somalidagi ba’zi joylarga tashrif buyurish uchun Somali elchixonalaridan viza olish kerak (AQShda ushbu mamlakatning elchixonasi yo‘q), ba’zilarida esa vizani o‘sha yerning o‘zida olish mumkin.

6. Sudan

Mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlar uch kun ichida Ichki ishlar vazirligidan ro‘yxatdan o‘tishlari va Xartumdan tashqariga chiqmoqchi bo‘lganlar alohida ruxsat olishlari lozim. Shundan so‘ng Xartumdan tashqariga chiqqan hududingiz politsiya bo‘limidan 24 soat ichida ro‘yxatdan o‘tishiz kerak bo‘ladi.

7. Turkmaniston

Turkmanistonga borish uchun vizadan tashqari Turkmaniston hukumati tomidan tasdiqlangan taklifnoma ham kerak. Olingan taklifnoma ham sizga viza berilishiga kafolat bo‘la olmaydi.

8. Saudiya Arabistoni

Travel + Leisure’ning ma’lum qilishicha, mamlakat “odatda vizalarni komandirovkada bo‘lgan yoki oilasi bilan sayohat qiluvchilar uchun beradi”. Shuningdek, vizalar sayyohlik turlaridan iborat guruhlarga taqdim etiladi. Bundan tashqari bu yerda ayollar borasida alohida qonun-qoida mavjud. Ayollar turmush o‘rtoqlari yoki erkak jinsiga mansub boshqa bir qarindoshlari hamrohligida sayohat qilishi kerak.

9. Eron

Eron — AQSh bilan diplomatik aloqalari mavjud bo‘lmagan mamlakatlardan biri. AQSh fuqarolari Eron bo‘ylab marshrutini muvofiqlashtirishi lozim. Ta’kidlash kerakki, Eron o‘z aholisiga AQShga tashrif buyurishni taqiqlagan mamlakatlardan hisoblanadi.

10. Shimoliy Koreya

Bu yerda sayohatchilar qattiq tanlab olinadi. Biroq siz vizani qo‘lgan kiritsangiz ham, sayohatni amalga oshirishingiz aniq emas. Tramp ma’muriyati amerikaliklarning ushbu mamlakatga borishini taqiqlovchi rejalari haqida e’lon qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-08-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют