» » Anjelina Jolining “Ular dastlab otamni o‘ldirdi” filmi treyleri e’lon qilindi (video)

Anjelina Jolining “Ular dastlab otamni o‘ldirdi” filmi treyleri e’lon qilindi (video)


Netflix’ning YouTube’dagi kanalida Anjelina Jolining yangi “Ular dastlab otamni o‘ldirdi” filmining treyleri paydo bo‘ldi. Film katta ekranlarga joriy yilning sentabrida chiqishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Jolining yangi filmi kambojalik yozuvchi hamda huquq himoyachisi Lung Angga bag‘ishlangan bo‘lib, film asosini ham uning xotiralari tashkil etadi. Filmda Kambojadagi kommunistik harakat — qizil kxmerlarning tizimi ko‘rsatilgan.

Lung Ang va Joli 2002-yilda, Kambojaga uyushtirilgan birinchi gumanitar missiyasi doirasida tanishib qolgan. Biroq Jolida film olish fikri keyinchalik paydo bo‘lgan.

Avvalroq, Joli ushbu filmda suratga tushish uchun kastingga kelgan bolalarni pul o‘g‘irlashga majbur qilganligi sabab tanqid ostida qolgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют