» » Samarqandda Muz saroyi va yangi akvapark quriladi

Samarqandda Muz saroyi va yangi akvapark quriladi


Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” madaniyat va istirohat bog‘i hududida Dobusiya Samarkand Aqualand kompaniyasi tomonidan yangi akvapark qurilmoqda. Bu haqda UZ24 xabar berdi.

Akvapark hududidan yozgi cho‘milish havzalari va qishki basseynlar, sauna-basseynlar, bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun attraksionlar, plyaj futboli, voleybol maydonchalari, oilaviy kichik kottejlar, qahvaxonalar va boshqa turdagi sport-sog‘lomlashtirish, dam olish maskanlari bo‘ladi.

Umumiy maydoni 3,5 gektar, atrofi daraxtzor akvapark hududiga qo‘shimcha ravishda mingga yaqin noyob daraxtlar, butalar, gullar ekiladi. Hududdagi ko‘p yillik daraxtlar saqlab qolinadi, faqatgina suv havzasi bo‘yidagi bir nechta daraxtlar olib tashlanishi mumkin.

Yirik basseynga o‘rnatiladigan suv parki tepaligi 15 metr balandlikda bo‘lib, konstruksiyalar Xitoydan keltiriladi. Shuningdek, akvapark hududida muz ustidagi sport turlari bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan Muz saroyi ham qurilmoqda.

“Bu o‘z navbatida, Samarqandda figurali uchish maktabiga asos solinishiga zamin yaratadi”, — deyiladi “Zarafshon” gazetasi xabarida.

Xabar berishlaricha, qurilish ishlari 2018-yilning 10-mayiga qadar davom etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-08-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют