» » Tashqi savdo vazirligining binosi Madaniyat vazirligiga beriladi

Tashqi savdo vazirligining binosi Madaniyat vazirligiga beriladi


3-avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Madaniyat vazirligi borasida fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi sahifasida axborot berilgan.

Shavkat Mirziyoyev butun dunyoda Madaniyat vazirligi mamlakatning yuzi hisoblanib, eng go‘zal, salobatli binolarda faoliyat olib borishini, O‘zbekistonda esa noqulay sharoitda, asosan rasmiy idoralar joylashgan binoda ish olib borayotganini qayd etib o‘tgan.

“Bu o‘z-o‘zidan madaniy jamoatchilik, ijod ahlining vazirlikka erkin kirib-chiqishiga, turli ijodiy tadbirlar o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmoqda”, — deyiladi Prezident sahifasida axborotda.

Shuning uchun Toshkentdagi ilgari Tashqi savdo vazirligi joylashgan tarixiy binoni Madaniyat vazirligiga ajratishga qaror qilindi.

Ma’lumot uchun, Madaniyat vazirligi berilgan bino 1898-yilda arxitektorlar Geyntselman va Maksimov loyihalari asosida bunyod etilgan bo‘lib, u arxitektura yodgorligi hisoblanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-08-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют