» » Issiqko‘ldagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi

Issiqko‘ldagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi


O‘zbekiston TIV Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan mikroavtobus ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

“O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilning 3-avgust kuni Issiqko‘l viloyatining Qizil-O‘ruk qishlog‘ida taxminan soat 11:30 da ‘Baliqchi-Cho‘lponota-Qorako‘l’ avtomobil yo‘lining 17-kilometrida mikroavtobus va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Olingan ma’lumotlarga binoan, mikroavtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida to‘qqiz odam jarohatlandi. Ulardan to‘rt nafari, jumladan, bir bola — O‘zbekiston fuqarolari”, — deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston elchixonasi mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari bilan aloqa o‘rnatdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olgan to‘qqiz odamning hammasi Baliqchi shahridagi hududiy kasalxonaga yetkazilgan. Ayni paytda YTH joyida tezkor tergov guruhi ish olib bormoqda.

Elchixona konsullik bo‘limi tomonidan jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlanmoqda va ularga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar qo‘llanilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют