» » Koalitsiya IShIDning Suriyadagi kosovolik yetakchisi o‘ldirilganini ma’lum qildi

Koalitsiya IShIDning Suriyadagi kosovolik yetakchisi o‘ldirilganini ma’lum qildi


AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakili Rayan Dillon IShID terrorchi guruhining Suriyadagi yetakchilaridan biri Lavdrim Muhojiriy o‘ldirilganini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Lavdrim Muhojiriy tan olinmagan Kosovo respublikasi fuqarosi, etnik alban edi. U IShIDning kosovolik albanlardan tuzilgan guruhiga rahbarlik qilar edi.

Dillon uni “albanlardan chiqqan eng mashhur va radikal jangari” deb atadi.

Ta’kidlanishicha, Lavdrim Muhojiriy Yevropada jihod ideologiyasining tarqalishiga bevosita aybdordir.

Bundan tashqari, u terrorchilik hujumlarini rejalashtirish bilan shug‘ullanib kelgan. Jumladan, 2016-yili Isroil va Albaniya futbol terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin chog‘ida u muvaffaqiyatsiz terakt urinishini amalga oshirgan edi.

7-iyun kuni Suriyada yana bir alban jangarisi, Muhojiriyning yaqin safdoshi Irfon Hafiqiy o‘ldirilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют