» » “PSJ” Neymarning transferini tasdiqladi va uni dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylantirdi

“PSJ” Neymarning transferini tasdiqladi va uni dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylantirdi


Neymar faoliyatini Fransiyaning “PSJ” klubida davom ettiradi. Jamoa matbuot xizmati buni rasman tasdiqladi.

Braziliyalik hujumchi bilan 5 yillik shartnoma imzolangan. Neymarning sobiq jamoasi “Barselona”ga esa futbolchining shartnomasida ko‘rsatib qo‘yilgan ko‘tarma pul — 222 million yevro o‘tkazib berilgan.

“Manchester Yunayted” uchun 105 million yevroga tushgan Pol Pogba bunga qadar dunyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgandi. Neymarning transferi esa bundan ikki barobar salobatli bo‘ldi.

“Barselona” safiga 2013-yilgi mavsumda qo‘shilgan Neymar o‘tgan davr ichida 186 ta o‘yinda ishtirok etdi va 105 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-08-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют