» » “Real Madrid” yetakchilarini Neymar kabi sotib olish uchun qancha tovon puli to‘lash kerak?

“Real Madrid” yetakchilarini Neymar kabi sotib olish uchun qancha tovon puli to‘lash kerak?


Kataloniyaning “Barselona” klubi Neymarni sotishni istamagandi va futbolchini olib qolish uchun oxirigacha harakat qildi.

Biroq sotishdan o‘zga chorasi qolmadi. “PSJ” futbolchining shartnomasida belgilab qo‘yilgan tovon pulini to‘lashga qaror qildi. Bu shunday holatki, futbolchining o‘zi rozi bo‘lsa va unga da’vogar tovon pulini to‘lay olsa, “Barselona” hech narsa qila olmasdi. Yakunda shunday bo‘ldi.

Ushbu holat jahon futboli jamoatchiligi tomonidan keng muhokama qilinayotgan bir paytda “Championat.asia” xodimi Madridning “Real” klubi o‘z futbolchilari bilan shartnoma tuzayotganida tovon pulini qanday belgilaganiga e’tibor qaratdi. Bunda asosan yetakchi futbolchilar tanlab olingan bo‘lib, ular orasida ko‘tarma narxi 1 milliard yevroni tashkil qiladiganlari ham bor.

Krishtianu Ronaldu — 1 milliard yevro
Karim Benzema — 1 milliard yevro
Luka Modrich — 500 million yevro
Garet Beyl — 500 million yevro
Hames Rodriges — 500 million yevro
Sebalyos — 500 million yevro
Marko Asensio — 350 million yevro
Toni Kroos — 300 million yevro

Ko‘rsatmoqdaki, “Qirollik klubi” o‘z futbolchilarini saqlab qolish siyosatiga nisbatan jiddiyroq e’tiborda bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 09:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют