» » Daniya qirolichasining eri o‘z xotini yoniga dafn etilishini istamayapti

Daniya qirolichasining eri o‘z xotini yoniga dafn etilishini istamayapti


Daniya qirolichasi Margrete II ning turmush o‘rtog‘i 83 yoshli shahzoda Xenrik o‘zlari vafot etganidan keyin rafiqasi yoniga dafn etishlarini istamaydi. Bu haqda qirollik saroyi tarqatgan rasmiy xabarda aytiladi, deb yozadi “TASS”.

An’anaga ko‘ra, Daniya monarxlari va ularning turmush o‘rtoqlari Roskille shahridagi soborga, qirollik maqbarasiga ko‘milishi kerak. Ammo shahzoda Xenrik olti asrdan buyon rioya etib kelingan an’anani to‘xtatishga qaror qildi. Shahzoda, asl vatani Fransiya bo‘lishiga qaramay, Daniyaga dafn qilinadi, ammo aniq joy belgilanganicha yo‘q. Xabarda ta’kidlanishicha, qirolicha erining rejalaridan xabardor bo‘lgan va uning qaroriga rozi, ammo uning o‘zi an’anadan voz kechmoqchi emas.

Saroy matbuot kotibi Lenne Ballebyu so‘zlariga ko‘ra, shahzodaning bunday qaroriga er-xotinning teng bo‘lmagan martabalari, shuningdek, Daniyada uzoq vaqt yashaganiga qaramay, o‘zi qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan vakolat va maqomlarga erisha olmagani sabab bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют