» » Vadim Abramov “Neftchi” safiga Kapadze, o‘g‘li Karen va ishsiz yurgan Timur Hakimovni qo‘shib oldi

Vadim Abramov “Neftchi” safiga Kapadze, o‘g‘li Karen va ishsiz yurgan Timur Hakimovni qo‘shib oldi


Farg‘onaning “Neftchi” klubi 2-davra arafasida yangi futbolchilarni tanishtirdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.

1-davra yakuniga 3 ta tur qolganida Vadim Abramov “Neftchi” bosh murabbiyi etib tayinlangan bo‘lib, mana shu uch tur davomida farg‘onaliklar birorta ham g‘alabaga erisha olmagandi. 2-davra oldidan jamoa safiga 13 nafar yangi futbolchi kelib qo‘shildi.

Futbolchilar orasida Kapadzelar oilasining yana bir vakili Kamron Kapadze, Vadim Abramovning o‘g‘li Karen Abramov, kichik Jasur Hasanov, Meksika qahramonlaridan biri Timur Hakimov, “Neftchi” sobiq futbolchisi Mansur Saidov, “Oqtepa” klubi rahbarining o‘g‘li Alisher Shog‘ulomov, va faoliyati davomida asosan Abramov qo‘li ostida to‘p surgan Ibrohim Rahimov bor.

Shuningdek, “Dinamo”dan Abdujamol Isroilov, “Metallurg”dan Doston Tursunov, “Norin”dan Murod To‘ychiboyev, “Bunyodkor”dan Farhod Namozov, yoshlar jamoasidan Avaz O‘lmasaliyev, erkin agent hisoblangan Otabek Haydarov faoliyatini “Neftchi”da davom ettiradi.

“Neftchi” Oliy liganing ortda qolgan 15 ta o‘yinidan keyin 15-o‘rinni egallab turibdi. Bu ikki xavfli zonadan biri hisoblanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют