» » Afrikada kuydirgining yangi shtammi faollashdi

Afrikada kuydirgining yangi shtammi faollashdi


Olimlar xalqaro guruhi Kot-d’Ivuardagi Ta? milliy bog‘ida yashovchi shimpanzelarni o‘rganayotib, maymunlar o‘limining 40 foizi kuydirgi tufayli kelib chiqqanligini aniqladi, deb yozadi National Geographic.

Kuydirgini chaqiruvchi Bacillus anthracis bakteriyalari Afrikada allaqachon aniqlangan, ammo endi uning yangi, bungacha noma’lum bo‘lgan Bcillus cereus biovar anthracis shtammi kashf etildi. Aynan u Kot-d’Ivuardagi maymunlar, Kamerun va Markaziy Afrika Respublikasidagi bir nechta gorilla, fil va shimpanzelar o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Nima sababdan aynan Kot-d’Ivuarda kasallik eng faol tarzda tarqalgani haligacha aniqlangani yo‘q. Ammo bu o‘ta xavotirli vaziyat: maymunlarning mahalliy populyatsiyalari yo‘qolib ketish yoqasida turibdi. Bundan tashqari, xavf guruhiga odamlar ham kiradi: shimpanze bilan genetik yaqinlik tufayli, ular ham yangi shtammdan oson zararlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют