» » Issiqko‘ldagi YTHda jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati e’lon qilindi

Issiqko‘ldagi YTHda jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati e’lon qilindi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Issiqko‘ldagi yo‘l-transport hodisasida jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘zbekistonning Bishkek shahridagi Elchixonasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra 2017-yilning 3-avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatining Qizil O‘ruk qishlog‘ida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida quyidagi O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgan:

1. Orlova Yelena Aleksandrovna, 1976-yilda tug‘ilgan;

2. Orlov Igor, 2006-yilda tug‘ilgan;

3. Orlova Veronika, 2006-yilda tug‘ilgan;

4. Li Yana Andreyevna, 2004-yilda tug‘ilgan;

5. Xan Janna Mixaylovna, 1969-yilda tug‘ilgan;

6. Obyedkova Lyudmila Aleksandrovna, 1952-yilda tug‘ilgan.

Jarohatlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish uchun Elchixonaning konsullik bo‘limi vakili mazkur viloyatga yetib bordi.

Eslatib o‘tamiz, 3-avgust kuni ertalab Bishkekka ketayotgan Volkswagen mikroavtobusi Cho‘lponota shahriga otlangan Mazda rusumidagi avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Mikroavtobusda O‘zbekistondan raqs kollektivi: 13 kishi, bolalar va kattalar bo‘lgan. Mazda’da esa besh yo‘lovchi bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют