» » Qo‘ng‘irotda tabiiy gazdan qarzini to‘lashni so‘ragan MIB xodimini urgan fuqaro qamoqqa olindi

Qo‘ng‘irotda tabiiy gazdan qarzini to‘lashni so‘ragan MIB xodimini urgan fuqaro qamoqqa olindi


Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi davlat inspektori S.Masharipov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) tomonidan tumandagi “O‘rnek” MFYda yashovchi fuqaro X.Qabulovning (ism-sharifi o‘zgartirilgan) tabiiy gazdan jami 312 ming 331 so‘m miqdorida qarzi bor ekanligi aniqlanib, uni tez kun ichida to‘lashi lozim ekanligi haqida rasmiy talabnoma berilgan, deb yozadi “Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri.

Uy egasi esa xizmat vazifasini ijro etayotgan inspektor S.Masharipovni haqorat qilib, uni mushti bilan bir marta urgan, so‘ng izidan quvib yetib oyog‘i bilan tepib, kiyimlaridan tortib, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan.

Bu holat bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.Qabulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-bo‘limi va 277-moddasining 3-bo‘limi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  qamoqqa olindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют