» » Amerikada 72 yoshli ayol uning uyiga kirib qolgan 11 ta zaharli ilonni o‘ldirdi

Amerikada 72 yoshli ayol uning uyiga kirib qolgan 11 ta zaharli ilonni o‘ldirdi


Amerikaning Oklaxoma shtati Lekuair shahrida yashovchi 72 yoshli ayol o‘zining jasurligi bilan mahalliy yulduzga aylandi. Ayolning qo‘shnisi so‘zlariga ko‘ra, u bir sutka davomida uyiga kirib qolgan 11 ta zaharli ilonni o‘ldirgan. Ayol qutqaruvchilarni yordamga chaqirishni ham o‘ylamagan. Bu haqda, Daily Mail’ga tayanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda.

“Qo‘shnim missis Nyubi ilonlarning haqiqiy qotili! Kecha kechqurun u 11 ta ilonni o‘ldirdi! Agarda sizga yordam kerak bo‘lib qolsa, unga murojaat qiling. Uning yoshi 72 da”, — deb yozadi nafaqaxo‘r Syuzan Tompson Facebook’dagi sahifasiga.

Tompsonning so‘zlariga ko‘ra, Nyubi o‘zi hamda yaqinlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ov miltig‘i, belkurak va panshaxadan foydalangan.

Nyubining qarindoshlari qo‘shimcha qilishicha, ayol kechasi bog‘iga kirib qolgan yana to‘rtta ilonni o‘ldirgan.

Shaharning ko‘plab aholisi ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi jasur hamshahari borligidan faxrlanishini yozmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют