» » AQSh g‘arbida kichik samolyot quladi, uchuvchi halok bo‘lgan

AQSh g‘arbida kichik samolyot quladi, uchuvchi halok bo‘lgan


Sakramento (Kaliforniya shtati)dan 16 kilometr shimoli-sharqda, Makklellan aerodromi yaqinida 3-avgust, payshanba kuni yengil samolyot yerga quladi. Shahar yong‘in xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda “TASS”.

“O‘t o‘chiruvchilar unchalik katta bo‘lmagan samolyot bilan sodir bo‘lgan falokat joyiga — Rio-Linddagi 28-ko‘chaga yetib bordi. Yong‘in sodir bo‘lmadi. Bir kishiga yordam ko‘rsatilmoqda”, — deya axborot bergan o‘t o‘chiruvchilar keyinroq uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot noma’lum sabablar tufayli elektr uzatish simlariga urilgan va fermaning orqa hovlisiga, turar joy binosidan 30 metr nariga qulagan.

AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi baxtsiz hodisaning sabablarini o‘rganmoqda. Falokatga uchragan Lancair IV-P samolyoti to‘rt o‘rindiqli monoplan hisoblanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют