» » Indoneziyadagi aeroportda ikki samolyot bir-birining qanotini ishdan chiqardi

Indoneziyadagi aeroportda ikki samolyot bir-birining qanotini ishdan chiqardi


Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasi va uning A Wings nomli shu’basiga tegishli samolyotlarining qanotlari uchish-qo‘nish yo‘lagi bir-biriga tegib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa Sumatra shimolidagi Medan shahrining Kualanamu xalqaro aeroportida yuz bergan.

Lion Air’ning Boeing 737 layneri qo‘nayotgan uchish-qo‘nish yo‘lagi boshida A Wings’ga tegishli ATR-74 parvozga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan.

Boeing yondosh yo‘lakka burilmoqchi bo‘lgan vaqti, qanoti bilan ATR-74’ning o‘ng qanotini turtib yuborgan. Har ikkala samolyotga zarar yetgan, biroq yo‘lovchilar jabrlanmagan.

To‘qnashuv sabab aeroportning ish faoliyati 20 daqiqaga to‘xtab qolgan.

Straits Times gazetasining qayd etishicha, byudjet aviatsiyasining jadal rivojlanib, loukoster-aviakompaniyalar reyslari soni ko‘payib borayotgani sabab, Indoneziya aeroportlariga tushayotgan yuklama hajmi bir necha bor oshib ketgan.

2017-yil davomida Indoneziya dispetcherlari jo‘natilayotgan va qabul qilinayotgan reyslar soni ko‘payib ketgan vaqtlarda samolyotlar to‘qnashuvi ehtimoli keskin oshgani haqida bir necha bor ogohlantirgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют