» » Olimlar o‘z-o‘zini yo‘q qilib yuboruvchi yangi material yaratdi

Olimlar o‘z-o‘zini yo‘q qilib yuboruvchi yangi material yaratdi


Olimlar o‘z-o‘zini ma’lum bir vaqtdan keyin yo‘q qilib yuboruvchi yangi materialni yaratdi. Taxminlarga ko‘ra, bu farmakologiya bozori hamda chiqindilarni qayta ishlash sanoatida inqilobga olib kelishi mumkin, deb xabar berdi “Nauka”.

Tadqiqot ustida Germaniyaning Myunxen texnika universiteti kimoygarlari ishladi. Natijalar borasidagi hisobot Nature Communications jurnalida chop etildi. Material supramolekulyar deb ataluvchi molekulalardan tashkil topgan. Ularga o‘zining dastlabki shaklini saqlab qolishlari uchun unchalik katta bo‘lmagan energiya zarur bo‘ladi. Shundan so‘ng energiya tugaydi, molukulalar deformatsiyalanadi, material esa parchalanib o‘zini o‘zi yo‘q qiladi.

Bunga qadar inson hayot tarzi oqibatida paydo bo‘lgan chiqindilar yillar davomida yig‘ilib yotardi, yoki yangi mahsulot ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan materiallar tayyorlash uchun qayta ishlanardi. Bular atrof muhitni ifloslantiribgina qolmay, ko‘p vaqt, energiya va material sarfiga olib keladi. Yangi ixtiro esa chiqindilarni qayta ishlashni qisman bekor qilishga olib kelishi mumkin.

Hozircha olimlar ushbu materialdan ovqat hazm qilish tizimining ma’lum qismlari uchun kerak bo‘ladigan dori vostilarini yetkazib berishda foydalanishni rejalashtirmoqda. Dori vositasi joylashgan qobiq organizmdagi kerakli organga borib yetganida parchalanadi. Bundan tashqari ixtiro o‘chib ketadigan siyohlarni yaratishda ham ishlatilishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют