» » Mirobodda 250 dollarga biometrik pasport va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Mirobodda 250 dollarga biometrik pasport va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi


2017-yil 2-avgust kuni Mirobod tuman IIB HPB tayanch punkti profilaktika inspektorlari tomonidan pasportini biometrik pasportga almashtirish va Koreya davlatida tug‘ilgan, voyaga yetmagan qiziga  O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berishini va’da qilib, 250 AQSh dollarini olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi “Daryo”ga xabar berdi.

Mirobod tumanida 2-avgust kuni soat 21:40 da, 2016-yilning aprel oyidan 2017-yilning 6-yanvariga qadar vaqt oralig‘ida, Oqyo‘l ko‘chasida, 1980-yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumani, Mash’al ko‘chasida yashovchi A.B 1991-yilda tug‘ilgan Mirzo Ulug‘bek tumani, A.Yugnakiy dahasida yashovchi G‘.Nga pasportini biometrik pasportiga almashtirish va uni Koreya davlatida 2014-yilda tug‘ilgan qiziga O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berishini va’da berib, 250 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mirobod tuman IIB tomonidan fuqaro A.Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют