» » AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi o‘zbekistonlik fermerlarga dunyo bozoriga chiqishda ko‘maklashmoqda

AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi o‘zbekistonlik fermerlarga dunyo bozoriga chiqishda ko‘maklashmoqda


2017-yilgi gilos mavsumida AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Yevropa va Janubiy Osiyoning yangi eksport bozorlariga yo‘l ochishda O‘zbekistondagi gilos yetishtiruvchi tadbirkorlar bilan hamkorlik qildi. Bu yil qiymati 350 ming dollar bo‘lgan 110 tonna shirin gilos London va Singapurdagi xaridorlarga sotildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston yiliga 100 ming tonna gilos yetishtirib, bu borada dunyoda beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Bunday muvaffaqiyatli o‘sishga USAID’ning yuqori qiymatli bog‘dorchilik mahsulotlari yetishtirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi sektorini diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlovchi loyihalari ko‘maklashmoqda.

USAID loyihasi O‘zbekistonning 12 viloyatidagi 33 ta tumanda olib borilib, 2016-yildan buyon u qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati va miqdorini oshirish, ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bozorlar topish va qishloq xo‘jaligiga oid ta’lim muassasalarini xususiy sektor bilan bog‘lash kabi faoliyatni amalga oshirmoqda.

1992-yildan beri, USAID O‘zbekistonga 356 million dollardan ortiq yordam ko‘rsatdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют