» » Google 2016-yilda Snapchat’ni 30 mlrd dollarga sotib olmoqchi bo‘lgan. Hozir uning narxi ikki barobar arzon

Google 2016-yilda Snapchat’ni 30 mlrd dollarga sotib olmoqchi bo‘lgan. Hozir uning narxi ikki barobar arzon


Google 2016-yilda Snap (asosiy brendi — Snapchat) kompaniyasini 30 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Bu haqda bir-biridan mustaqil uch manba Business Insider nashriga ma’lum qilgan. Savdo nima uchun o‘xshamagani noma’lum, deb yozadi Meduza.

2017-yilning mart oyida Snap o‘z aksiyalarini birjaga birlamchi chiqardi (IPO) va savdolarning birinchi kunida kompaniya kapitalizatsiyasi haqiqatan ham 30 milliard dollarga yetdi. Shundan beri kompaniya aksiyalari narxi tushmoqda va hozirda Snap bozorda atigi 15 milliard dollarga baholanmoqda.

“Manbalardan birining ma’lum qilishicha, ehtimoliy kelishuv bo‘yicha so‘nggi muzokaralar martdagi IPO arafasida bo‘lib o‘tgan”, — deb yozadi Business Insider.

Snapchat — yoshlar orasida eng ommabop muloqot dasturlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda undan 150 million kishi har kuni foydalanadi. Snapchat’ning o‘ziga xosligi shundaki, undan yuborilgan xabarlar saqlanib qolmaydi — ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng, o‘chib ketadi.

Snapchat 2011-yilda ishga tushgan bo‘lib, hozirgi qadar hech qachon daromad olmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют