» » Soya uchun davlat buyurtmasi joriy etiladi

Soya uchun davlat buyurtmasi joriy etiladi


Prezidentning 24-iyuldagi qarori bilan respublikada soya yetishtirishni rivojlantirish choralar bo‘yicha dastur tasdiqlandi. Dastur 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan, deb xabar beradi Norma.

2018-yil hosilidan boshlab mamlakatda soya xarid qilishga davlat buyurtmasi joriy etiladi. U mazkur mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj hamda quyidagilarni amalga oshirish maqsadida shakllantiriladi:

Qayta ishlovchi tashkilotlarni yog‘ ishlab chiqarish uchun xom ashyo bilan ta’minlash;

Aholini o‘simlik yog‘i assortimentini kengaytirish rejalari doirasida soya yog‘i bilan ta’minlash;

Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarini ozuqali yem bilan ta’minlash.

“O‘zpaxtayog‘” AJning yog‘-moy tashkilotlari strukturasida soya seleksiyasi, urug‘chiligi, yetishtirish agrotexnikasi va qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-texnik markazlar yaratiladi.

Bundan tashqari, Toshkent davlat agrar universitetida 2017–2018-o‘quv yilidan boshlab “Soya va boshqa yog‘ o‘simliklarini o‘stirish agrotexnologiyasi” kafedrasi ochiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют