» » Volkswagen ijrochi direktori “dizelgeyt” bo‘yicha aybini tan oldi

Volkswagen ijrochi direktori “dizelgeyt” bo‘yicha aybini tan oldi


Volkswagen AG kompaniyasi ijrochi direktori Oliver Shmidt AQShning Detroyt okrug sudidagi yig‘ilishda konsern dizel avtomobillarining zarari haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirish bo‘yicha aybdorligini tan oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Kelishuvga binoan, aybini tan olganidan so‘ng Shmidt 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi, shuningdek, 40–400 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin. Sud hukmni 6-dekabr kuni o‘qib eshittiradi.

Iyun oyining oxirida AQSh moliya vazirligi Interpolga Volkswagen kompaniyasining besh nafar sobiq menejerlari yuzasidan so‘rov yuborgan edi. Bu ro‘yxatda Volkswagen boshqaruvining sobiq raisi Martin Vinterkornning ikki ishonchli vakili ham bor edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют