» » Isroilda chegarani ajratib turuvchi devorda Trampning tasviri tushirilgan ulkan graffitlar paydo bo‘ldi

Isroilda chegarani ajratib turuvchi devorda Trampning tasviri tushirilgan ulkan graffitlar paydo bo‘ldi


Quddus hamda Vifleyemni ajratib turuvchi devorda AQSh prezidenti Donald Trampning tasviri tushirilgan ikkita ulkan graffit paydo bo‘ldi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Graffitlarning birida Tramp devor chetidagi qo‘riqchilar minorasini quchoqlayotgani va uni o‘payotgani tasvirlangan bo‘lib, Amerika prezidentining og‘zidan mayda qizil yurakchalar chiqmoqda.

Ikkinchi graffitda Tramp qora kastyum va boshida yahudiylarning do‘ppisi bilan tasvirlangan. U qo‘li bilan devorga teginmoqda. Bu kabi suratlar Trampning may oyida Quddusdagi Yig‘i devoriga tashrifi chog‘ida olingan edi. Graffitga “Men senga uka qurib beraman” so‘zlari qo‘shimcha qilib yozilgan.

Avvalroq, Tramp AQSh va Meksika chegaralari o‘rtasida devor qurishni va bu devorga ketadigan sarf-harajatlarni Meksika hukumati to‘lashi kerakligini aytgan edi. Lotin Amerikasi mamlakati esa bir necha bor ushbu sarf-harajatlarni to‘lamasligini ma’lum qilgan.

OAV taxminlariga ko‘ra, graffitlarni eng mashhur va sirli ko‘cha rassomi Benksi chizgan bo‘lishi mumkin. Benksi bundan avval ham bir necha bor Falastin hududi va Isroilni ajratib turuvchi devorga graffitlar chizgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-08-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют