» » Despacito qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube tarixida eng ko‘p tomosha qilingan videoga aylandi

Despacito qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube tarixida eng ko‘p tomosha qilingan videoga aylandi


Puerto-rikolik xonanda Luis Fonsi hamda reper Deddi Yanki ijrosidagi Despacito qo‘shig‘iga olingan klip YouTube videoxostingida 3 milliard martadan ortiq ko‘rilib, sayt tarixida ko‘p tomosha qilingan videoga aylandi. Bu haqda The Guardian’ga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Despacito klipi o‘tgan oyda reper Uiz Xalifa va qo‘shiqchi Charli Putning birgalikda ishlagan See you again nomli klipi o‘rnatgan rekordni yangiladi. Ayni vaqtda Despacito videosi o‘zidan oldingi yetakchidan 3 million marta ko‘p tomosha qilingan.

O‘z navbatida See you again YouTube’da ikki hafta davomida eng mashhur video bo‘lib turdi va koreyalik qo‘shiqchi PSY’ning to‘rt yildan ortiq vaqt davomida birinchilikni egallab turgan Gangnam Style klipini ortda qoldirdi.

Despacito qo‘shig‘i Billboard Hot 100 musiqiy jadvalida 12 haftdan beri birinchilikni egallab kelmoqda. Avvalroq, ushbu qo‘shiq internetda eng ko‘p eshitilgani haqida ma’lum qilingandi: internet tarmog‘i fydalanuvchilari iyul o‘rtalariga qadar uni 4,6 milliard marta tinglashgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 10:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют