» » Stallone yana bir bor “Rokki” spin-offida Ivan Dragoga qarshi jang qiladi

Stallone yana bir bor “Rokki” spin-offida Ivan Dragoga qarshi jang qiladi


Ivan Drago qahramoni yana ekranlarda paydo bo‘ladi, u “Krid” filmining sikvelida rol ijro etadi. Bu haqda aktyor Silvestr Stallone TMZ portaliga ma’lum qildi.

Stallonening qahramoni Rokki Balbao yana bir bor rus sportchisiga qarshi ringga tushadi. “Bilasizmi, men Dragoni yer tishlatishim kerak”, — deydi aktyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, filmning bosh qahramoni, Apollo Kridning (Rokkining raqibi) o‘g‘li, yosh jangchi Adonis Dragoning o‘g‘li bilan jang qilib, sovet boksyori tomonidan o‘ldirilgan otasi uchun qasos oladi.

Ivan Drago — “Rokki 4” qahramoni. Ushbu rolni asli shvetsiyalik bo‘lgan Dolf Lundgren ijro etgan.

“Krid 2” sport dramasining premyerasi noyabr oyiga rejalashtirilgan. Kartina Rokki haqidagi sakkizinchi film bo‘ladi va “Krid: Rokkining merosi” filmining davomiga aylanadi. Birinchi “Krid” 2015-yilda katta ekranlarga chiqqan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют