» » Issiqko‘ldagi YTHda jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga keltirildi

Issiqko‘ldagi YTHda jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga keltirildi


2017-yilning 5-avgust kuni Issiqko‘l viloyati Qizil O‘ruk qishlog‘i yaqinida 3-avgust kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohatlangan O‘zbekistonning 6 nafar fuqarosi maxsus aviareysda o‘zbek vrachlari hamrohligida Qizg‘izistondan Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga keltirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonning respublika va mahalliy hokimiyat organlari, tibbiyot muassasalari vakillariga O‘zbekiston fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatilgani hamda Tomchi shahar aeroportiga O‘zbekiston samolyotini uchishi va qaytishi masalalarini hal qilingani uchun minnatdorchilik bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 3-avgust kuni ertalab Bishkekka ketayotgan Volkswagen mikroavtobusi Cho‘lponota shahriga otlangan Mazda rusumidagi avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Mikroavtobusda O‘zbekistondan raqs kollektivi: 13 kishi, bolalar va kattalar bo‘lgan. Mazda’da esa besh yo‘lovchi bo‘lgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida quyidagi O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgan:

1. Orlova Yelena Aleksandrovna, 1976-yilda tug‘ilgan;

2. Orlov Igor, 2006-yilda tug‘ilgan;

3. Orlova Veronika, 2006-yilda tug‘ilgan;

4. Li Yana Andreyevna, 2004-yilda tug‘ilgan;

5. Xan Janna Mixaylovna, 1969-yilda tug‘ilgan;

6. Obyedkova Lyudmila Aleksandrovna, 1952-yilda tug‘ilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют