» » Intriga qaytayotgan Oliy liga tanaffusdan chiqdi. Bugun 16-tur start oladi

Intriga qaytayotgan Oliy liga tanaffusdan chiqdi. Bugun 16-tur start oladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida bugun — 5-avgust kuni 2-davra o‘yinlari rasman start oladi va 16-tur doirasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Sochilib ketish arafasida turgan Toshkentning “Obod” klubi ukrainalik investorlar yordamida yana katta futbolga qaytdi va yangilangan jamoa bugun Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi. O‘zbekiston kubogining finaliga yaqin turgan “Dinamo” esa Bekobod jamoasini mehmon qiladi.

Vadim Abramov, Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze, Igor Shkvirin, Ro‘ziqul Berdiyev, Viktor Kumikov kabi mutaxassislar boshqarayotgan klublar ertaga — dam olish kunida maydonga chiqib keladi. Chempionat karvonboshisi bo‘lib turgan “Lokomotiv” o‘yini dushanba kuni o‘tkaziladi.

PFL 2-davradan e’tiboran Oliy liga uchrashuvlarini onlayn translyatsiya qiladi. 16-turning qaysi o‘yinlari internet orqali ko‘rsatilishi mumkinligini keltirilgan havola yordamida bilib olish mumkin.

O‘zbekiston Oliy ligasi
16-tur bellashuvlari
5-avgust, shanba

“Obod” — “Navbahor”
“Dinamo” — “Metallurg”

6-avgust, yakshanba
“Olmaliq” — “Buxoro” — 19:00
“Neftchi” — “Sho‘rtan” — 19:00
“So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” — 19:00
“Qizilqum” — “Paxtakor” — 19:00
“Nasaf” — “Qo‘qon—1912” — 19:30

7-avgust, dushanba
“Lokomotiv” — “Mash’al” — 19:00

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют