» » Fransiyadagi yagona urg‘ochi panda egizaklarni dunyoga keltirdi, ulardan biri vafot etdi

Fransiyadagi yagona urg‘ochi panda egizaklarni dunyoga keltirdi, ulardan biri vafot etdi


4-avgust, juma kuni Fransiyaning Boval hayvonot bog‘ida katta panda egizaklarni dunyoga keltirdi, biroq ulardan biri vafot etdi. Bu haqda hayvonot bog‘i rahbariyatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Biz tunda tug‘ilgan pandalardan birining vafot etganini qayg‘u bilan xabar qilamiz. Ikkinchi panda bolasi o‘zini yaxshi his etmoqda”, — deyiladi hayvonot bog‘i xabarida.

Birinchi panda juda nimjon tug‘ilgan va tug‘ruq paytida bo‘lgan xitoylik mutaxassislarning yordamiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Omon qolgan ikkinchi panda bolasining og‘irligi 142,4 grammga teng.

Bu Fransiyadagi yagona panda juftining ilk nasl qoldirishidir. Pandalar 2012-yilda Xitoydan 10 yilga ijaraga olingandi.

Yangi tug‘ilgan panda bolasini Fransiya prezidentining rafiqasi Brijit Makron o‘z qaramog‘iga oladi.

Associated Press agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy hududidagi yovvoyi tabiatda 1,8 ming, tutqunlikda esa butun dunyo bo‘ylab 400 ga yaqin panda yashaydi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют