» » AQSh Parij bitimidan chiqish niyati haqida BMTni rasman xabardor qildi

AQSh Parij bitimidan chiqish niyati haqida BMTni rasman xabardor qildi


AQSh davlat departamenti iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimini ayni vaqtda qayday ko‘rinishda bo‘lsa, shundayligicha tark etishi to‘g‘risida BMTni rasman xabardor qildi. Bu haqda idora rasmiy saytiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Shunga qaramay AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq ma’lum qilganidek, mamlakat Parij bitimiga keyinroq yana qaytishi mumkin.

“Prezident 1-iyun va undan keyinchalik ham aytganidek, AQSh Parij bitimida amerikaliklarning biznesi, ishchi kuchlari, xalqi va soliq to‘lovchilari uchun manfaatli shartlarni ko‘ra olsa yana qaytishi mumkin”, — deyiladi davlat departamentining xabarida.

Shuningdek, idoraning qo‘shimcha qilishicha, AQSh bundan keyin ham iqlimga bog‘liq muammolarga tegishli xalqaro konferensiyalarda qatnashishni davom ettiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют